O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Buxoro” klubi yangi futbolchilarini tanishtirdi

2018-03-05 | Sport

Tanishtiruv marosimi Buxoro viloyat musiqali drama teatrida tashkil etildi. Marosimda 10 nafar yangi futbolchi tanishtirildi.

Ushbu tadbirda dastlab Buxoro viloyat hokimi, viloyat futbol federatsiyasi raisi Barnoyev O‘ktam Isoyevich so‘zga chiqib, avvalo muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoliklarida yurtimizda sportni, jumladan, futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar soha vakillari uchun muhim dastur bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlab o‘tdi va yig‘ilganlarga qarata “Buxoro” klubi 2018-yil, yangi mavsumda jamoa chempionlik uchun kurashishini aytib o‘tdi.

Undan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev so‘z olib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. So‘ngra qolganlar ham so‘zga chiqib yaxshi tilaklarni bildirib tanishtiruv marosimini ochib berishdi.

Shundan keyin jamoa safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar: Sergey Rusetskiy, Arslanmurat Amanov, Marko Klisura, Asilbek Amonov, Aziz Ibragimov, Rahmatullo Berdimurodov, Shahboz Erkinov, Shavkat Salomov, Shavkat Mullajonov, Bahodir Nasimov keng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali ravishda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi. Yig‘ilgan barcha ularni birday yaxshi kutib olishdi.

Tanishtiruv marosimidan so‘ng muxlislar va faxriylarga klub tomonidan sovg‘alar tarqatildi. Marosim viloyat san’at ustalarining konsert dasturlari bilan ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Zaldagi zavqona shukuh barchani birdek quvontirdi.

Поделиться