O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sanoat korxonalarining samarali faoliyati iqtisodiyotning barqaror ishlashining muhim omili

2018-03-05 | Iqtisodiyot

Ma'lumki, joriy yilda sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'ati 107,8 foizni tashkil etishi mo‘ljallangan (qo‘shilgan qiymatda 106,4 foiz). Shu jumladan, ushbu chorakda bu ko‘rsatkich 106,2 foizni tashkil etishi zarur. Bu maqsadda, o‘tgan yili 161 yangi yirik hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 7 mingdan ziyod sanoat ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilgan. Bundan tashqari mamlakatimizning valyuta siyosatini erkinlashtirilishi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Shu bilan birgalikda joriy yilning hisobot davrida statistika organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 14452,1 milliard so‘mni tashkil etib, oldingi yilning mos davriga nisbatan 112,9 foizga o‘sdi (yanvar oyi yakuni).

Ammo, 119 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmi oldingi yilning mos davriga nisbatan qariyb 447 milliard so‘mga kamaygan. Xususan, “O‘zpaxtasanoat” AJ - 17 korxona 32,4 milliard so‘mga, “O‘zbekneftegaz” AJ (17 ta korxona, qariyb 58 milliard so‘m), “O‘zvinprom-xolding” XK (12 ta, qariyb 12 milliard so‘m) va “O‘zpaxtayog‘” 
(11 ta, 32,5 milliard so‘m) ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘ygan.

Shuningdek, Respublika tasarrufidagi “Xorazm shakar” QK - 79,7 milliard so‘m, “Angren shakar” YOAJ - 67,1 milliard so‘mga ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Toshkent shahrida “Choy qadoqlash fabrikasi” YOAJ - 50,2 milliard so‘m, “Ko‘kcha tekstil” YOAJ - 14,5 milliard so‘mga, “O‘zneftegazinformatika” AJ - 1,3 milliard so‘m, Farg‘ona viloyatida “Kuvasoyshifer” AJ - 2,6 milliard so‘m, Toshkent viloyatida “Luka tekstil” YOAJ korxonalari - qariyb 712 million so‘mga ishlab chiqarish mahsulotlari hajmini kamaytirib yuborgan.

Hisobot davrida mamlakatimiz bo‘yicha iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 7,1 foizga o‘sgan bo‘lsada, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga kamaygan.

Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari xalqimizni rozi qilishga yo‘naltirilgan islohotlarni jadal olib bormaganliklari ayrim hududlarda, jumladan Navoiy (98,2 foiz), Buxoro (98,9 foiz), Namangan (99,5 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (99,5 foiz) iste’mol tovarlarini oldingi yilning mos davriga nisbatan kam ishlab chiqarilishida o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Bunday holat tarmoq va hududiy rahbarlar tomonidan mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanmayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa bu borada buyurtmalar portfelini o‘z vaqtida ishonchli ravishda shakllantirilmaganligi, aylanma mablag‘lar talab darajasiga javob bermasligi, umuman olganda raqobatbardoshlik darajasi e’tibordan chiqganligi natijasida yuzaga kelgan.

Bu esa sanoat tarmoqlari va korxona rahbarlarining o‘z ish faoliyatlarini birinchi chorak yakuniga qadar tanqidiy ko‘z bilan qayta ko‘rib chiqib, eng avvalo eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga, inflyatsiya darajasini jilovlashga, aholiga munosib turmush tarzini yaratishga qaratishlarini talab etmoqda.

Поделиться