O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi IIV va Qirg‘iziston Respublikasi IIV o‘rtasida Idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi

2018-03-04 | Jamiyat

2018 yil 2 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV va Qirg‘iziston Respublikasi IIV o‘rtasida Idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan vazirning birinchi o‘rinbosari, general-mayor D.Nazarmuhamedov, qirg‘izistonlik hamkasblar tomonidan vazir o‘rinbosari, militsiya general-mayori D.Abdikarov boshqardi.
Aytib o‘tish joiz, mazkur tadbir ikki davlat rahbarlarining 2017 yilning 13 dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muloqotining mantiqiy davomi bo‘ldi. Unda davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, barchani qiziqtirgan mintaqaviy harakterdagi muammolar borasidagi masalalar muhokama etilgan edi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi ichki ishlar vazirliklari tomonidan umumjinoiy hatti-harakatlarga qarshi kurashish va qidiruv faoliyati sohasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, har ikki tomon ichki ishlar organlari bo‘linmalarining terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiya bo‘yicha ma’lumot almashinuvi borasidagi faoliyatining hozirgi kundagi holati va kelgusidagi istiqboli, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik holati, uni takomillashtirish yo‘llari muhokama etildi. Ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va belgilangan sohalarda tajriba almashish masalalari borasida fikrlashdilar.

Tadbir yakuniga ko‘ra, 2018-2019 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Protokol, shuningdek, yig‘ilish Bayonnomasi imzolandi.
Tashrif doirasida Qirg‘iziston Respublikasi IIV delegatsiyasi a’zolari “Xavfsiz shahar” loyihasini Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy etilishi bilan tanishishdi, shuningdek, respublikamiz poytaxtining diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rishdi.

Поделиться