O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

60 nafar fuqaro ish bilan ta'minlandi

2018-03-03 | Jamiyat

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining bosh maydonida joriy yil 27 fevral kuni Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tomonidan “Bo'sh ish o'rinlari” yarmarkasi o'tkazildi.

Ushbu yarmarkada tumanning 25 dan ortiq korxonalari va tashkilotlari o'zlarida mavjud 204 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkaga 300 dan ortiq ish qidiruvchi fuqarolar, shu jumladan,195 nafar kollej bituruvchilari, 64 nafar xotin-qizlar, 12 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlar, 7 nafar aliment to'lovchi fuqarolar, 66 nafar ishga muxtoj fuqarolar qatnashdilar.

Yarmarka natijasi bilan 80 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligiga oid turli xil bepul maslahatlar berildi. Shuningdek, 60 nafar fuqarolarga ishga joylashishlari uchun yo'llanmalar taqdim etildi. Ishga yo'llanma olgan fuqarolarning 7 nafari uzoq muddat chet davlatlarda ishlab qaytgan, mehnat migrantlarini, 5 nafari aliment to'lovchilarni, 4 nafari jazodan ozod qilingan shaxslarni hamda 40 nafari kam ta'minlangan oila vakillarini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, yarmarkada ish beruvchilar va fuqarolarning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799-sonli qarori asosida haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.

Поделиться