O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Uzbek Tigers”ning g‘alabalari

2018-03-02 | Sport

“Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvda vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan Shunqor Abdurasulov va Duvan Zuleta o‘zaro raqobatlashdi.

Ushbu bellashuvda Shunqorning aniq zarbalariga qarshi Duvan chora topa olmadi va texnik nokautga uchradi. 

“Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov bokschilarimizdan dono maslahatlarini bermoqda. “Biz bir oilamiz, ringdagi bokschilarning biri akam, biri ukam boshqasi do‘stimdir. Men ular g‘alaba qozonsa quvonaman, aksincha, mag‘lub bo‘lsa xafa bo‘laman. Mazkur jangda g‘alaba qozonishimizga ishonaman. Bugungi tarkibning hammasi yaxshi bokschilar. Ular bilan faxrlanaman”, deydi Hasanboy Do‘smatov.

“Uzbek Tigers” va “Colombia Heroicos” jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuvda vazni 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar — Mahmud G‘oyipov va Aleksandr Ranxel bahsi ajoyib tarzda o‘tdi.

Unda bokschimizning kolumbiyalik raqibi to‘rtinchi raundda mag'lubiyatini tan olib jangni davom etira olmad.

Поделиться