O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kann xalqaro festivali g‘olibi Maks Tsui Toshkentda

2018-03-01 | Jamiyat

“Ishimni hech kimga o‘rgatmayman. Ertaga nonimni yarimta qiladi” degan qarashlar vaqti o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yosh kinoijodkorlarga ustozlarning bilganini ish jarayonida ham o‘rganish imkoniyatini berdi. Yosh kinochilar germaniyalik mashhur operator Maks Tsui va o‘zbekistonlik iste’dodli ijodkor Jasur Shametov bilan birga suratga olish maydonida ishlay boshlashdi.
 
“Art House” loyihasining Jahongir Qosimov badiiy rahbarligidagi kursi tinglovchilari dars soatlarida nazariy bilimlarnigina o‘zlashtirib qolmay, balki yirik mega loyihada ishtirok etishmoqda.
 
Bugun “Art House” o‘z nomiga munosib holda haqiqiy “San’at uyi”ga aylandi. Chunki uning ishtirokchilari har bir yo‘nalishda bir yoki ikki soat emas, balki ikki oy mobaynida suratga olish maydonida professional ijodkorlardan mahorat saboqlarini olishadi.
 
Kursning operatorlik ishi yo‘nalishida Jasur Shametovdan sohaning sir-asrorlarini o‘rganayotgan yosh kinoijodkorlar bahorning ilk kunidan ishga tushirilayotgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazining hamkorligida amalga oshirilayotgan “SCORPION” trillerining suratga olish ishlarida qatnashib borishadi.
“Art House” tinglovchilari bu imkoniyatni katta maktab deb hisoblashmoqda.
 
“SCORPION” suratga olish maydonida germaniyalik mashhur operator, Kann xalqaro festivali g‘olibi Maks Tsuidan operatorlik sirlarini yosh kinoijodkorlarga o‘rgatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Maks Tsui rejissyor Muxlisa Azizovaning bundan avvalgi loyihasi “Welcome to Bukhara”da ham hamkorlik qilgan edi. Rejissyor va operatorning Buxoro roligidagi hamkorligi “SCORPION”da davom etadi.

Поделиться