O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Budapesht shahridagi uchrashuvlar
2018-03-01 | Siyosat
2018-yilning 28-fevral kuni “Vishegrad guruhi” va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ish vazirlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun Budapesht shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Levent Madyar bilan uchrashdi. L.Madyar iqtisodiy diplomatiya masalalariga mas’ul.
Muzokaralarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda mustahkamlash, shuningdek, 2018-yilda qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish jadvali va shakllari muhokama qilindi.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi Budapesht shahri meri Ishtvan Tarlosh, Davlat xizmati milliy universiteti rektori Andrash Patiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.