O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qonun bilimdonlari bahsi

2015-05-02 | Jamiyat

Nukusda "Siz qonunni bilasizmi?" ko'rik-tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi bo'lib o'tdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog'iston Respublikasi kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tanlovning hududiy bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan Nukus shahri, Qo'ng'irot, Qorao'zak va Ellikqal'a tumanlari jamoalari o'zaro bahslashdi.

Ishtirokchilar Konstitutsiyamiz va u asosida qabul qilingan qonunlar, mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati, Oila va Mehnat kodekslari, shuningdek, inson manfaatlarini ta'minlash, yoshlarni ishga joylashtirish borasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar haqidagi bilimlarini namoyish etdi.

Tanlovda Nukus shahri jamoasi birinchi o'rinni egallab, mamlakat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Поделиться