O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shikoyat va arizalarni ko‘proq kimlar yo‘llamoqda?

2018-02-28 | Jamiyat

Qashqadaryo viloyatida 2017-yilda murojaatlarga e’tiborsizligi tufayli 300 dan ortiq rahbar va mas’ul xodimga intizomiy, ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Qashqadaryoda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish hamda rahbar va mas’ul xodimlarning bu boradagi shaxsiy mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda bu alohida ta’kidlandi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi idoralari, viloyat, tuman va shahar hokimliklari mas’ul vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyatdagi mavjud muammo va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.
 
– Bugun asosiy e’tiborni joylarda davlat organlarida fuqarolar murojaati bilan ishlayotgan kadrlarni o‘qitishga qaratish lozim, –deydi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti sektor rahbari Gulruh A’zamova. – Murojaatning qayta-qayta yuborilayotgani ko‘proq rahbarlarga bog‘liq. Bu esa murojaatlar sonining sun’iy ko‘payishiga asos bo‘lmoqda. Masalan, tumanda yechimini topmagan murojaat viloyatga jo‘natiladi. Viloyatda ko‘rib chiqilgan murojaat esa yana tumanga qaytariladi. Aslida bu muammo tumanda yechim topmagani sababli viloyatga jo‘natilgan. Shuning uchun joriy yildan boshlab aynan uyushmagan aholi vakillari bilan sayyor qabullar tashkil etishni rejalashtiryapmiz. Nega? Chunki ayni paytda ko‘plab murojaatlar ana shu qatlam vakillaridan bo‘lmoqda. 
 
Yana shuni alohida ta’kidlash kerak, endilikda bir murojaat takroriy amalga oshirilganda mansabdor shaxslarga ta’sirchan chora ko‘rish tartibi belgilab qo‘yildi.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA

Поделиться