O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy dramaturgiyaning dolzarb masalalari muhokamasi

2018-02-28 | Jamiyat

Poytaxtimizda “Milliy dramaturgiya: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vaziri B.Sayfullayev, Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi dramaturgiya kengashi raisi Sh.Rizayev va boshqalar mamlakatimizda madaniyat va san’atni rivojlantirish borasidagi islohotlar jarayonida milliy dramaturgiyani davr talabi darajasida ravnaq toptirish doimiy e’tiborda turganini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbari hududlarga tashriflari chog‘ida teatrlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, binolarini rekonstruksiya qilish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, eng zamonaviy sahna jihozlari, texnik uskunalar bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Ayni paytda yurt ravnaqi yo‘lida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan, yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi zamon qahramonlarini samimiy, yorqin, hayotiy obrazlar orqali aks ettiradigan, tomoshabinlar qalbidan joy oluvchi badiiy barkamol sahna asarlarini yaratadigan ijodkorlar, teatr fidoyilari, dramaturg va rejissyorlar, sahna rassomlari va ijrochilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish borasida tizimli amaliy chora-tadbirlar hayotga keng joriy etilmoqda. 

Muxlislar Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovush”, Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, Erkin Vohidovning “Oltin devor”, O‘lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz”, Sharof Boshbekovning “Temir xotin” kabi qator asarlari asosida yaratilgan spektakllar rejissyorlar bilan adiblar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikning yuksak samarasi ekanidan yaxshi xabardor. 

Bugun xalqimizga yetuk, badiiy mukammal asarlarni taqdim etish uchun barcha sharoit va imkoniyat yaratilgani holda aksariyat teatrlar repertuarini talab darajasida, deyish mushkul. Bu dramaturglar bilan rejissyorlarning o‘zaro hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani bilan bevosita bog‘liqdir. Yangi spektakllar yaratishda qalami o‘tkir ijodkorlarning salohiyatidan keng foydalanish, yangi sahna asarini tayyorlashga teatr jamoasi, olimlar, yozuvchilarning fikriga tayanib yondashish, oliy ta’lim dargohlarini tamomlayotgan yoshlarni teatrlarga kengroq jalb etish zarur.

 

Nazokat Usmonova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA

Поделиться