O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navro‘z bayrami kunlarida “O‘zbekiston havo yo‘llari” ichki reyslarida uchish arzonlashadi

2018-02-28 | Jamiyat

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Navro‘z bayrami kunlarida barcha ichki reyslarga chegirmalar joriy qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati seshanba kuni xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Navro‘z bayrami munosabati bilan 2018 yilning 18-22 mart kunlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasi tomonidan barcha ichki reyslarga chegirmalar tizimi ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, 18, 19, 20, 21 va 22 mart kunlari mahalliy reyslarga quyidagicha chegirmalar tizimi amal qiladi:

individual yo‘lovchilarga – 30 foiz;

sayyohlik guruhlari, maktab, litsey va kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalariga – 40 foiz;

2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bo‘lgan ota-onalarga – 50 foiz;

Поделиться