O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Nukusdagi kesishma yo‘llarga videonazorat kameralari o‘rnatiladi
2018-02-27 | Jamiyat
O‘zbekistondagi yo‘l belgilariga mas’ul “O‘zavtoyo‘lbelgi” davlat unitar korxonasi tomonidan joriy yil Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ming 451 yo‘l belgisi, Nukus shahrida 10 yangi svetofor, yo‘llarning kesishmalarida 5 videonazorat kameralari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ushbu kameralar yo‘l-patrul xizmati inspektorlari faoliyatini ancha yengillashtirishiga ishonch bildirmoqda.
Joriy yilning mart oyidan boshlab, Nukus shahrida 5 ta joyda –Qoraqalpog‘iston va Q.Redjepov, Ernazar Alako‘z va Mateke Jumanazarov, Ollayor Dosnazarov va Mateke Jumanazarov, Beruniy va Ollayor Dosnazarov, O‘zbekiston shoh ko‘chasi bilan Beruniy ko‘chalarining yo‘l kesishmalariga videonazorat kameralari o‘rnatiladi.
Bu videonazorat kameralari yo‘l-transport hodisalarining yuz berish holatlari kamayishiga va oldi olinishiga xizmat qiladi.
2022 yilgacha Nukus shahrining deyarli barcha yo‘l kesishmalariga jami 44 videonazorat kameralari o‘rnatiladi.
Anvar Nasirlayev, O‘zA