O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

2018-02-26 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anni tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan katta e’tibori va sa’y-harakatlarini hamda qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari tomonidan 2017 yil oktyabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif doirasidagi samarali uchrashuv va muzokaralar ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgani hamda aniq amaliy mazmun baxsh etgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga tabrik va ezgu tilaklar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston Prezidenti timsolida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligini har tomonlama mustahkamlash borasida haqiqiy birodar va hamfikrga ega bo‘lganini alohida ta’kidladi.

Mazkur tarixiy tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan aniq kelishuv va imzolangan bitimlarning bajarilishi, jumladan, savdo, investitsiya, bank-moliya, transport, turizm
va boshqa muhim sohalardagi yirik qo‘shma loyihalarni hayotga to‘liq tatbiq etish borasida kelishib olindi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lg‘usi oliy darajadagi tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish hamda muqaddam erishilgan kelishuvlarni bajarilishi masalalari yuzasidan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini tashkillashtirish muhimligi e’tirof etildi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat rahbarlari o‘zbek-turk hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik aloqalari hamda an’anaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Поделиться