O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yong‘inga bepisand munosabat — 3 million 789 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima undirilishga olib keldi

2018-02-26 | Jamiyat

Joriy yilning o‘tgan davrida Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida yong‘in profilaktikasi tadbirlari doirasida 4 mingga yaqin aholi xonadoni, 35 ta davlat tashkiloti va 22 ta tadbirkorlik subyektining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi.

Yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan 5 tashkilotning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 65 nosoz elektr va gaz moslamalaridan foydalanish taqiqlandi.

Sardoba tumani IIB yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi xodimlari tomonidan hududda joylashgan korxona va tashkilotlar, umumta’lim maktab va maktabgacha ta’lim hamda tibbiyot muassasalari, aholi yashash joylarida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga hamda fuqarolarga nisbatan shu kunga qadar 31 holat yuzasidan 3 million 789 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima undirildi.

– Tumanimiz hududida 2017 yilning shu davriga nisbatan yong‘in sodir bo‘lish holatlarining 30 foizga kamayishi profilaktika tadbirlarini muntazam o‘tkazganimizdan, deb o‘ylayman, – deydi Sardoba tumani IIB yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i, mayor Ulug‘bek O‘tayev.

 

Abdujalol Qayumov, O‘zA

Поделиться