O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“JIJI Press” Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz tartib haqida

2018-02-26 | Iqtisodiyot

Yaponiyaning “JIJI Press” axborot agentligi nashrlarida 22-fevral kuni jurnalist Keisuke Matsuo qalamiga mansub “O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida brifing: Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy qilindi” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

“JIJI Press” axborot agentligi mustaqil axborot agentlik sifatida 1945-yilda tashkil etilgan, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari Yaponiya va dunyoda ro‘y berayotgan voqealarni yoritish, mamlakatning yetakchi markaziy va hududiy gazetalari, telekompaniyalari, shuningdek, Reuters, Associated Press va boshqa xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun materiallar to‘plash, tayyorlash va tarqatishdan iborat. 

Maqola avvalida 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasida brifing o‘tkazilgani xabar qilingan. Tadbir O‘zbekistonda Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy qilinganiga bag‘ishlangan. Unda Yaponiya ijtimoiy-siyosiy va ishbilarmon doiralari, yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan. 

Agentlik O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi G‘ayrat Fozilovning Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonning turizm sohasidagi salohiyatini kompleks tarzda rivojlantirishga qaratilgan keng miqyosli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani haqidagi so‘zlarini keltirgan. Jumladan, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 10-fevraldan Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy qilingani O‘zbekistonga keluvchi yaponiyalik sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Maqolada ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning buddizm davriga doir qadim shaharlari qoldiqlarida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar davomida topilgan osori-atiqalar hamda Yaponiyadagi “Syosoin” muzeyida saqlanayotgan buyumlarning o‘xshashligi Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasida azal-azaldan yaqin aloqalar mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. Shu ma’noda, Yaponiyada faoliyat yuritayotgan sayyohlik kompaniyalariga O‘zbekistonga sayohatni buddizm bo‘yicha sayohatning yangi yo‘nalishi sifatida qarash taklif etildi. 

Brifing ishtirokchilari, deb davom etadi muallif, O‘zbekiston Prezidentining “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, sayyohlar jamoat joylari, bino va inshootlarni erkin foto va videosuratga olishi mumkinligi, bundan tashqari, 2018-yildan barcha sayyohlarning e’tiborini tortayotgan Toshkent metrosi bekatlarida suratga tushirishga doir taqiq bekor qilinishi to‘g‘risida xabardor etildi.

Поделиться