O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Harbiy-texnikaviy sohadagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi
2018-02-26 | Siyosat
2018-yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohadagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Xujjat 2017-yil 16-sentabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Shartnoma ikki mamlakat qonunchiligiga muvofiq tenglik tamoyiliga asoslangan holda o‘zaro manfaatli harbiy-texnikaviy hamkorlikni o‘rnatish va yanada rivojlantirishga qaratilgan.