O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Oltin qalam” XIII milliy mukofoti tanlovida “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi e’lon qilindi
2018-02-26 | Siyosat
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XIII milliy mukofoti uchun tanlov e’lon qilindi. Uning natijalari an’anaga ko‘ra 3-may Jahon matbuoti erkinligi kunida e’lon qilinadi.
2018-yilda “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” rag‘batlantiruvchi mukofoti ikkinchi marotaba nominatsiyalar ro‘yxatiga kiritildi.
O‘tgan yili “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasida “Euronews” kanali “Postcards” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Seamus Kearney g‘olib deb topilgan edi, shuningdek, Buyuk Britaniyaning mustaqil jurnalisti Karolina Charlotta Pink, Koreya Respublikasining “The Korea Post” jurnalining bosh muharriri Lee Kyung-sek hamda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi muxbiri Sha Datining samarali ishlari yuqori boholangan.