O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston TIV delegatsiyasining bo‘lajak tashriflari to‘g‘risida
2018-02-25 | Siyosat
2018-yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston-Turkiya maslahatlashuvlarida ishtirok etadi.
Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Turkiya Respublikasining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Fazli Cho‘rman Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalalarini muhokama qiladilar hamda 2018-yilning 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiyaning kun tartibi yuzasidan fikr almashadilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston poytaxtida “Kabul jarayoni” ikkinchi majlisida ham ishtirok etadi.