O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bo‘lajak prokurorlar klubining ochilishi
2018-02-23 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetida Bo‘lajak prokurorlar klubining ochilishiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.
Tadbirda Bosh prokuratura, Oliy sud, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbarlari va mas’ul xodimlari, shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti rektori va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektorlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Bo‘lajak prokurorlar klubi a’zolariga mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoyalash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishda o‘z hissalarini qo‘shishlari borasida maslahatlar berildi.
Marosimda tantanali ravishda 340 nafar talabaga klubning beydjik va znachoklari hamda 35 nafariga faxriy yorliqlar topshirildi.