O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
SHHT MATT Kengashining 32-majlisi aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi
2018-02-23 | ShHT
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT) Kengashining o‘ttiz ikkinchi majlisi shu yilning aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Manbaga ko‘ra, Hindistonning Nyu-Deli shahrida Qirg‘iziston raisligida SHHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari huquqiy ekspertlari guruhining SHHT MATT Kengashi 32-majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2018-yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan SHHT MATT Kengashi majlisi kun tartibi masalasi muhokama qilingan.
Mazkur tuzilma Ijroqo‘mi direktori Yevgeniy Sisoyev Hindistonga qilgan tashrifi davomida Hindistonning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rajinder Xan va ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Mobashar Javad Akbar bilan ham ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi.