O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi o‘tkazildi

2018-02-23 | Iqtisodiyot

2018-yil 22-fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Hindiston ishbilarmon doira vakillari xamda mahalliy tadbirkorlar ishtirokidagi O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi o‘tkazildi.

Qayd etish lozim, ushbu tadbir ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish, shuningdek qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qo‘shimcha rag‘bat sifatida xizmat qiladi.

Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilishi va kengayishini qo‘llab-quvvatlash, yangi qo‘shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat.

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog‘ida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Qayd etish kerakki, 2017-yil yakunlari bo‘yicha tovar aylanmasi – $323,6 mln dollarini tashkil etgan bo‘lsa, jumladan, eksport – $32,5 mln dollarini, import esa – $291,1mln dollarini tashkil etdi.

Eksportning asosiy pozitsiyalari: qishloq xo‘jaligi, transport va turistik xizmatlar, o‘simlik sharbatlari va ekstrakti, teri xom ashyosi.

Importning asosiy pozitsiyalari: farmatsevtika mahsulotlari, mexanika va elektr uskunalari, avtomobil ehtiyot qismlari, transport va turistik xizmatlar, kimyo mahsulotlari, va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasida Hindiston Respublikasi sarmoyasi ishtirokidagi 101 ta korxona faoliyat yuritib, ulardan 15 tasi Hindistoning
100 % kapitaliga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligida 16 Hindiston kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiya vakillarining Hindistonga qilgan safari davomida tashkil qilingan biznes forum doirasida $70 mln.dollarga teng 20 investitsion loyihalarhamda $80 mln.dollarga teng 22 kontrakt shartnomalari imzolangan.

Поделиться