O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholi uchun yana bir qulaylik

2018-02-22 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5059-sonli Farmoni talablari ijrosini ta’minlash hamda aholiga kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati boshqarmasi ATB “Agrobank”ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Majburiy ijro byurosining viloyatdagi barcha tuman-shahar bo‘limlariga “OPTIMAL” rusumli “Infokioskalar” yetkazib berildi, ular aholidan to‘lovlarni qabul qilish uchun o‘rnatilib, ishga tushirildi.

Shu kunga qadar Majburiy ijro byurosining viloyatimizdagi har bir tuman-shahar bo‘limlarida 109 nafar davlat inspektoriga iste’molchilardan plastik kartochkalaridagi pul mablag‘larini qabul qilish uchun terminallar va naqd pul uchun termoprinterlar berilgan bo‘lib, davlat inspektorlari bevosita xonadonlarga borib, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirib kelayotgan edi, qolaversa ATB “Ipotekabank”ning viloyat boshqarmasi kassirlari ishtirokida Majburiy ijro byurosi bo‘limlarida pul qabul qiluvchi maxsus kassalar faoliyat yuritib kelmoqda.

Endilikda, xalqimizga yanada qulay bo‘lishi hamda navbat kutishning oldini olish maqsadida “Infokioska”lar qo‘yilib, sohadagi xizmat ko‘rsatish yanada takomillashmoqda.

O‘z o‘rnida, muhtaram Yurtboshimiz aytganlaridek, “Xalq davlat organlariga emas, aksincha davlat organlari xalqimiz uchun xizmat qilishi lozim”.

 

Azimjon ABDULLAYEV,

Majburiy ijro byurosi viloyat

boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i

Поделиться