O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yuridik xizmat xodimlarining muammolari adliya organlari xodimlari tomonidan joylarga chiqib o‘rganilmoqda

2018-02-22 | Jamiyat

Joriy yilning 20 fevral kuni Poytaxtimizda Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti binosida “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlashga oid masalalar” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 20 fevral kuni Poytaxtimizda Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti binosida “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlashga oid masalalar” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv seminarda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik xizmat xodimlari, tashkilot rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Tadbirni Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Abrayev kirish so‘zi bilan ochib, so‘z navbatini Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i A.Dadajonovga berdi.

U o‘z so‘zi davomida so‘ngi yillarda yuridik xizmat xodimlariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va imtiyozlar xususida to‘xtalib o‘tib, bundan keyingi davrda yuridik xizmat xodimlari tomonidan har bir tashkilotda qonun ustuvorligini to‘liq ta’minlashda alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Tashkilot va idoralar faoliyatida yo‘l qo‘yilgan har bir kamchilik bevosita yuridik xizmat xodimining faoliyatidagi kamchiligi sifatida qaralib, ulardan har bir hujjatni batafsil qonun doirasida ko‘rib chiqishlari lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, ma’ruzachi o‘z navbatida tadbirda ishtirok etayotgan tashkilot rahbarlaridan yuridik xizmat xodimi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlashga barcha shart-sharoit yaratib berishi shartligi va bu bevosita adliya organlari tomonidan nazoratga olinishini yig‘ilish ishtirokchilari e’tiboriga yetkazdi.

Tadbir davomida tashkilot rahbari tomonidan vakant yuridik xizmat shtat birliklarini to‘ldirish va mavjud yuridik xizmat xodimlarining malakasini oshirish, ularga barcha shart-sharoitlarni yaratib berish, kelgusida qonun ustuvorligini ta’minlashdagi muhim qadam bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashda hamda qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini ijrochilar va aholiga yetkazishda yuridik xizmat xodimining o‘rni beqiyosdir.

Darhaqiqat jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda ijrochilarning qonun hujjatlaridan boxabar bo‘lishi nihoyatda muhim jarayondir.

Mazkur vazifalarni samarali tashkil etish maqsadida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu Qonun huquqiy axborotni tarqatish tizimini samaradorligi oshishiga, shuningdek davlat organlari mansabdor shaxslarining mas’uliyatini kuchaytirilishiga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, tadbir davomida mahalliy norma ijodkorligi sohasiga ham to‘xtalib o‘tilib, hozirgi kunda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va qabul qilish sohasida zarur normativ-huquqiy baza shakllantirilgan bo‘lib, xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatiga qo‘yilgan talablar yanada kuchaytirilganligini tadbir ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi.

Binobarin, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston qonunchiligining ajralmas bo‘lagi sifatida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Tadbir davomida yuridik xizmat xodimlari ko‘ngilli ravishda joylardagi mahalla fuqarolari yig‘inlariga chiqib aholini huquqiy madaniyatini oshirish, huquqiy savollarni yechimini topishga ko‘maklashish va mahallaning huquqiy ishlarni yo‘lga quyish tashabbusi bilan chiqishdi.

Mazkur tashabbus seminar ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Toshkent shahar hududidagi 505 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlari o‘z yashash joylari bo‘yicha biriktirildi.

Kelgusida mahallaning huquqiy masalalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib kelinishi belgilab olindi.

Seminar yig‘ilishda davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiya natijasiga ko‘ra, adliya vazirining maxsus unvonlar – martaba darajalari berish haqida 2018 yil 12 fevraldagi 82-sht-son buyrug‘i e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Navoiy kon metallurgiya kombinati Toshkent moddiy texnika bazasi moddiy texnika boshqarmasi yuriskonsulti Gafurov Ardasher Alisherovichga “2-darajali adliya maslahatchisi”;

Yashnobod tuman moliya bo‘limi yuriskonsulti Obloqulov Tulqin Ergashevich va Shahar markaziy ko‘chalardan foydalanish, ularni saqlash va ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi yuriskonsulti Saidjonov Olim Narimanovichlarga “2-darajali yurist”;

O‘quv ta’lim ta’minot DUK yuriskonsulti Baykunusov Ikrom Berdiyorovich, Sergeli tuman Politexnika kasb-hunar kolleji yuriskonsulti Davronova Barno Maxkambayevna, Toshkent geodeziya va kartografiya kasb-hunar kolleji yuriskonsulti Iskandarova Aziza Pulatovna, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi davlat muassasasi yuriskonsulti Rizokulov Sarvar Axatkulovich va Davlat aktivlarini boshqarish markazi yuridik bo‘limi boshlig‘i Safarov Po‘lat Tursunovichga “3-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi berilgani haqidagi buyruq nushalari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirning ikkinchi qismida yuridik xizmat xodimlari bilan ochiq muloqot tarzida sayyor qabul o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan javoblar berildi.

Shuningdek, yuridik xizmat xodimlari tomonidan amaliyotda duch kelayotgan muammolar yuzasidan bildirilgan fikr va muloxozalar ma’ruzachilar tomonidan qayd etib o‘tildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar shahar mutasaddilari bilan hamkorlikda bartaraf etildi. O‘z yechimini topmagan muammoli masalalar yozma shaklda qabul qilinib o‘rganish uchun nazoratga olindi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga yuridik xizmat xodimlari faoliyatida foydalanish uchun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalar elektron shaklda tarqatildi.

Поделиться