O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o`tkazilmoqda

2018-02-22 | Jamiyat

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo'yicha 2018 yil asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq joriy yilning 20-23 fevralgacha Qoraqalpog`iston Respublikasining Amudaryo va To`rtko`l tumanlarida, shuningdek, Samarqand viloyatining Narpay tumani, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

O‘quv mashqlarining maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

tuman aloqa va markazlashtirilgan xabar berish tizimini ishonchli va barqaror ishlashini amalda tekshirish;

tuman FVDT quyi tizimining boshqaruv organlari, kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda funksional vazifalarini bajarish darajasini aniqlash;

tuman FVDqT funksional va hududiy quyi tizimlari boshqaruv organlari faoliyatini hamda kuch va vositalarining shayligini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish;

favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududdan jabrlangan aholini evakuatsiya qilish, tibbiy yordam ko‘rsatish, ularning hayot maromini ta’minlovchi zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishda moddiy-texnik ta’minot masalalarini hal etish;

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish hamda muvofiqlashtirish.

O‘quv mashqlarini o‘tkazish davomida tumanda aloqa va markazlashtirilgan xabar berish xizmatlari tomonidan boshqaruv organlari, FVDT xizmatlariga xabar berish hamda aholini ogohlantirish bo‘yicha harakatlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlari;

maktabgacha ta’lim va o‘rta ta’lim mussasalarida hamda ish bilan band bo‘lmagan aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy tadbirlar o‘tkazilib, ijtimoiy va iqtisodiyot obyektlarda maxsus-taktik o‘quv mashqlari, maktabgacha ta’lim muassasalarida, hamda umumta’lim maktablarida tarbiyalanuvchi va o‘quvchilar ishtirokida “Fuqaro muhofazasi kunlari” o‘tkazildi.

Eslatib o`tamiz qo`mondonlik-shtab o`quv mashqlari joriy yilning 23 fevralgacha davom etadi.

Поделиться