O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijonda yana bitta tabiiy gaz koni aniqlandi
2018-02-22 | Iqtisodiyot
Yaqin kunlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yana bir gaz qudug‘i ishga tushiriladi. Ma’lumki, o‘tgan yil noyabr oyida Buloqboshi tumani Uchtepa qishlog‘i hududida tabiiy gaz koni topilgani haqida xabar tarqalgan edi.
Mamlakatimizda neft, tabiiy gaz zaxiralarini aniqlash, geologiya-qidiruv ishlarini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa yangi-yangi yer osti boyliklari zaxiralarini aniqlash imkonini berayotir.
“O‘zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik jamiyatining “Andijonneft” hamda «Qo‘qon parmalash ishlari» aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari tomonidan olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida Buloqboshi tumani Uchtepa qishlog‘i hududida tabiiy gaz koni mavjudligi aniqlanib, belgilangan tartibda qazish va parmalash ishlari amalga oshirildi.