O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"Toshkent – Chimkent – Toshkent" yo‘nalishida avtobus yo‘l kira haqi arzonlashdi
2018-02-21 | Jamiyat
Ma’lumki, Toshkent shahri va Qozog‘istonning Chimkent shahri o‘rtasida joriy yil 8 yanvardan muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan va yo‘l haqi 80 ming so‘m etib belgilangan edi.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda "Manzara tourism" MChJ mas’ul vakillari ma’lumotiga ko‘ra, kira 60 ming so‘mga tushirilgan. Bugungi kunda ikki tomondan 3 qatnov amalga oshirilmoqda. "Toshkent" avtovokzalidan soat 8.00, 13.00 va 18.00da yo‘lga chiqish mumkin. Chimkentdan Toshkentga avtobuslar Qozog‘iston vaqti bilan 9.00, 14.00 va 19.00 da harakatlana boshlaydi.
"Toshkent" avtovokzali chiptaxonasidan bildirishlaricha, 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yo‘l haqining 50 foizi to‘lanadi. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun chipta tekin.
8-31 yanvar kunlari Toshkentdan 762, Chimkentdan 622 yo‘lovchi manziliga yetkazildi. Fevral oyining o‘tgan 15 kunida bu ko‘rsatkich mos ravishda 355 hamda 425 tani tashkil etgan.
Ulug‘bek Asrorov, O‘zA