O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tennischilarimiz navbatdagi bosqichda

2015-04-30 | Sport

Xitoy va Qozog'istonda davom etayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimiga kiruvchi erkaklar o'rtasidagi "Fyuchers" va xotin-qizlar o'rtasidagi xalqaro turnirlarda tennischilarimiz navbatdagi bosqichga yo'l oldi.

Xitoyda o'tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Sabina Sharipova asosiy to'rning birinchi davrasida Janubiy Koreya vakilasi Xyun Xongni 6:1, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Sportchimiz musobaqaning ikkinchi davrasida rossiyalik Valentina Ivaxnenko bilan bahslashadi.

Qozog'istonda o'tkazilayotgan xotin-qizlar o'rtasidagi xalqaro turnirda Vlada Yekshibarova rossiyalik Irina Lidkovskayani 6:4, 6:3 hisobida yengdi. Yosh tennischilarimiz Polina Merenkova mezbon tennischi Darya Shevchenkoni 6:1, 6:0, Albina Xabibulina belaruslik Polina Pexovani 6:4, 1:6, 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo'l oldi. Vlada Yekshibarova ushbu bosqichda rossiyalik Darya Lodikova, Polina Merenkova qozog'istonlik Yekaterina Klyuyeva, Albina Xabibulina rossiyalik Kseniya Sharifovaga qarshi kortga chiqadi.

Juftliklar o'rtasidagi bahslarda Albina Xabibulina va Polina Merenkova qozog'istonlik Go'zal Aynitdinova hamda rossiyalik Alina Zolotarevani 7:6, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Vlada Yekshibarova va rossiyalik Dariya Lodikova juftligi yosh tennischilarimiz Alina Gazizova hamda Amina Muxametshina ustidan 4:6, 6:0, 10:4 hisobida g'alaba qozondi.

"Fyuchers" musobaqasida ishtirok etayotgan Sanjar Fayziyev dastlabki davrada rossiyalik Dmitriy Mnushkinni 6:4, 5:7, 6:4 hisobida yengdi. Umidli tennischimiz Sarvar Ikromov esa qozog'istonlik Dmitriy Resnyanskiyni 4:6, 6:4, 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Yosh tennischimiz Pavel Soy mezbon tennischi Bolat Mamir ustidan 6:0, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Turnirning ikkinchi davrasida Sanjar Fayziyev rossiyalik Ivan Nedelkoga qarshi kortga chiqsa, Sarvar Ikromov ham rossiyalik Ivan Gaxov bilan bahslashadi. Pavel Soy esa ukrainalik Oleksiy Kolisnik bilan raqobatlashadi.

Juftlik bahslarida ham hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Anton Jamolov va Pavel Soy qozog'istonlik tennischilar Arsen Arashov va Aleksey Kedryukinni 6:0, 7:5 hisobida, Iskander Davutov va Sanjar Fayziyev ham mezbonlar Aydinbek Raxishev va Serijon Yessenbekovni 6:3, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Поделиться