O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijonda sayyor uchrashuv

2018-02-21 | Jamiyat

Andijon viloyati Bo‘z tumanida joylashgan “Rash Milk” xususiy sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan navbatdagi tadbirkorlik subyektlariga xususiy mulkni himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar va bu borada qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini yetkazishga doir ochiq muloqot tarzda uchrashuv tashkil etildi. Tashkil etilgan uchrashuvda Andijon viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari xamda bir guruh bojxona xodimlari viloyatda faoliyat yuritayotgan brokerlik firmalari rahbarlari, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot tarzda tashkil etilgan uchrashuvda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi Asaka TIF bojxona posti boshlig‘i so‘zga chiqib, bojxona sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish, eksport yo‘nalishidagi qulayliklar hamda bojxona rasmiylashtiruvi jarayoniga “bir darcha” tizimini tatbiq qilish borasida bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv davomida boshqarma tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” O‘RQ-445-son Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 sentyabrdagi “Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 742-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 29 sentyabrdagi PQ-3303-son qarori mazmun-mohiyati TIF qatnashchilari e’tiboriga yetkazildi.

Shundan so‘ng viloyat bojxona boshqarmasining o‘z xavfsizligi guruxi boshlig‘i so‘z olib tadbirkorlarga bojxona sohasida o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar, o‘ylantirayotgan muammolar yohud bojxona qonunchiligi buzilishi hamda bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari xususan bojxona xodimlari tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganda yoxud ta’magirlik xolatlari yuzasidan ariza, taklif va shikoyatlarni Andijon viloyat bojxona boshqarmasining 228-47-90 va 228-48-44 raqamli ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkinligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan bojxonaga doir savollarga javoblar olishdi xamda faoliyatlari davomida xukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, o‘zlari ishlab chiqarayotgan maxsulotlarini eksport xajmini yanada oshirishga astoydil bel bog‘lashlarini aytib tashrif buyurgan mexmonlar xamda tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

F.Karimov

Andijon viloyat 

bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

Поделиться