O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
FVV «Tezkor raqami»ning xaftalik faoliyati
2018-02-21 | Jamiyat
Joriy yilning 12 fevral kunidan 18 fevral kunigacha bo‘lgan vaqt mobaynida FVVning «Tezkor raqami»iga 160 dan ortiq respublikamiz hamda chet elda bo‘lgan fuqarolarimiz tomonidan amaliy yordam so‘rab, shuningdek ma’lumot xususiyatli murojaatlar kelib tushdi.
Xususan 120 ortiq fuqarolar “Qamchiq” dovoni avtomobil yo‘lining holati va u erdagi ob-havo haqida, 35 nafar fuqaro yordam ko‘rsatilishini so‘rab, 4 nafari chet elda bo‘lgan fuqarolarimizga amaliy yordam so‘ralgan murojaatlar bo‘ldi.
Fuqarolarning qo‘ng‘iroqlari bo‘yicha barcha qiziqtirgan savollar yuzasidan chora tadbirlar amalga oshirilib natijalari yetkazildi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan fuqarolarga kerakli bo‘lgan yordamlar berildi, xususan;
O‘zbekiston fuqarosi N.Kirgizovni Maskva viloyati Pushkin shahridagi shifoxonadan Samarqand shahridagi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelinishida Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Rossiya federatsiyasidagi elchixonasi bilan masalani hal qilinishi bo‘yicha;
Rossiya Federatsiyasi Tula shahrida davolanishda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi B.Alimovni Termez shahar aeroportida kutib olinishi va keyinchalik maxsus avtomobilda yashash joyiga yetkazilishi bo‘yicha;
Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.Axmadalievni betobligi uni o‘sha erdagi tibbiyot muassasasida davolanishi uchun joylashtirish bo‘yicha.