O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindistonda o‘zbekistonlik talaba yoshlar uyushmasi ish boshladi

2018-02-21 | Ta’lim

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan mazkur mamlakatning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandosh talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Ayni vaqtda Hindistonda 50 nafarga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, sharqshunoslik, ingliz tili kabi qator yo‘nalishlarda ilm o‘rganishmoqda.

Uchrashuv ishtirokchilariga yurtimizda kechayotgan keng qamrovli islohotlar jarayoni, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘sib kelayotgan avlod har tomonlama taraqqiyoti uchun ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori, yoshlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida atroflicha axborot berildi.

Shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi doirasidagi ishlar haqida gapirildi. Yoshlarimiz ona-Vatan taraqqiyoti uchun o‘z hissalarini qo‘shishlari muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida Hindistonda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni birlashtiruvchi uyushma tuzishga qaror qilindi. Elchixona bilan yaqin hamkorlikda ish yuritadigan mazkur tashkilot yig‘ilishi har oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.

Tuzilmaning raisi etib Javoharlal Neru universiteti magistranti Muzaffar Xaqberdiyev, kotib etib esa Deli universitetining Ram kolleji talabasi Aziza Zoirova saylandilar.

Uchrashuvda uyushmaning 2018-yildagi ish rejasi muhokama qilinib, undagi asosiy yo‘nalishlar sifatida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi madaniy, ilmiy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish borasida ish olib borish, Hindiston ilmiy markazlari, kutubxona va muzeylarida saqlanayotgan va biz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston tarixi va madaniy boyligiga oid nodir qo‘lyozmalar katalogini tuzish, mazkur mamlakatning innovatsiya va axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish kabi tadbirlar qayd etildi.

Ushbu rejalarning ilk amaliy natijasi o‘laroq talabalar bilan hamkorlikda “O‘zbekiston-Hindiston: madaniy, ma’rifiy va adabiy aloqalar” mavzusida “davra suhbati” tashkil etildi. Mazkur tadbirda asosiy e’tibor bobokalonomiz Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy-ma’rifiy merosiga qaratildi. Shuningdek, munozaralar davomida boburiylar merosini o‘rganish, mazkur davrga tegishli noyob asarlar va qo‘lyozmalar nusxalarini O‘zbekiston ilmiy-tarixiy muassasalarga yetkazish masalalarida fikr almashildi.

Поделиться