O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Italiya Elchisi bilan uchrashuv
2018-02-21 | Siyosat
2018-yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TIVda Italiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Andrea Bertotssi bilan uchrashdi.
Muzokaralarda Toshkent shahrida 2018-yil 26-27-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiya kun tartibiga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, forumda Italiya ishtirokiga oid amaliy jihatlar muhokama qilindi.