O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Atletlarimiz medallari
2015-04-30 | Sport
Iordaniyada og'ir atletika bo'yicha davom etayotgan Osiyo kubogi bahslarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan terma jamoamiz a'zolari oltita oltin va uchta kumush medalni qo'lga kiritdi.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog'lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga qaratilayotgan e'tibor samarasida sportchilarimiz xalqaro miqyosidagi musobaqalarda hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo'lmasligini isbotlab kelmoqda.
Nufuzli musobaqaning 20 yoshgacha bo'lgan atletlar o'rtasidagi bahslarida ishtirok etgan Ro'zimurod Aslanov shtangani dast ko'tarishda 100 kilogramm, siltab ko'tarishda 125 kilogramm, ikkikurash natijasiga ko'ra 225 kilogramm natija bilan uchta oltin medalga sazovor bo'ldi.
Sunnatillo Shokirjonov 85 kilogrammgacha bo'lgan og'irlikdagi atletlar o'rtasida tengsiz ekanini isbotladi. U shtangani dast ko'tarishda 143 kilogramm, siltab ko'tarishda 161 kilogramm va ikkikurash bo'yicha 304 kilogramm natija qayd etib, shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
Vazni 77 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar musobaqasida Shahzod Xudoyberganov shtangani dast ko'tarishda 135 kilogramm, siltab ko'tarishda 160 kilogramm, ikkikurashda 295 kilogramm natija ko'rsatib, uchta kumush medalni qo'lga kiritdi.