O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifiga doir
2018-02-20 | Siyosat
2018-yilning 20-fevral kuni Toshkent shahriga Hindiston Respublikasining Kimyo sanoati va mineral o‘g‘itlar davlat vaziri Mansukh Mandaviya boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston hukumati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.
Hindiston delegatsiyasi ikki mamlakat farmatsevtika sohasi ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-forumida ishtirok etadi hamda O‘zbekistonning qator viloyatlarida bo‘ladi.