O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumiga tayyorgarlik
2018-02-20 | Jamiyat
Joriy yilning iyun oyida mamlakatimizda «Markaziy Osiyoda atrof-muhit va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlash» mavzuida Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi o‘tkaziladi.
Poytaxtimizda mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish borasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar vakillari uchun brifing tashkil etildi.
Unda forum doirasida rejalashtirilayotgan tadbirlar muhokama qilinib, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari vakillarining ishtirokini kengaytirishga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.