O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi

2018-02-16 | Siyosat

Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Buxoro viloyatida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bolalar bog‘chalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yangilari barpo etilmoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatida 343 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

54-maktabgacha ta’lim muvssasasi 280 o‘ringa mo‘ljallangan.Bog‘cha binosi o‘tgan yili kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlangan. Bu yerda 31 nafar pedagog va tarbiyachi bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelmoqda. 

Davlatimiz rahbari bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi. 

Bog‘chada tajriba tariqasida tashkil etilgan qisqa muddatli boshlang‘ich rivojlantirish markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi. 

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’limning uslubiyatini takomillashtirish, malakali tarbiyachilar tayyorlash bo‘yichk ko‘rsatmalar berdi.

Поделиться