O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo’yicha muzokaralar to’g’risida
2018-02-16 | Siyosat
2018 yilning 7-16 fevral kunlari Jizzax shahrida O’zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Oliy darajadagi O’zbekiston-Tojikiston uchrashuvi arafasida o’tkazilgan muzokaralar chog’ida Davlat chegaralarining qolgan uchastkalaridan o’tish chizig’ini belgilash davom ettirildi.
Uchrashuv konstruktiv asosda, do’stona va iliq muhitda o’tdi.
Muzokaralar yakuniga ko’ra Bayonnoma imzolandi.