O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Norvegiya Qirolligining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ule Yuxan Byornyo bilan uchrashuv
2018-02-15 | Siyosat
2018-yil 15-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o’rinbosari S.Safoyev hamda Norvegiya Qirolligining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ule Yuxan Byornyo o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Suhbat chog’ida tomonlar O’zbekiston Respublikasi va Norvegiya Qirolligi o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning, shu jumladan parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunlari bo’yicha Norvegiya tomoni savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar, investitsiyaviy aloqalarni hamda parlamentlararo aloqalarni kuchaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati