20:44:59 (GMT+5)    13.03.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Март 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Joriy yilgi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti iyun oyida Sindaoda bo’lib o’tadi

2018-02-15 | ShHT

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o’tgan hafta Pekinda xitoylik hamkasbi Van I bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlari mamlakatning yetakchi “Sinxua” axborot agentligi va “Jenmin jibao” gazetasida keng yoritildi.

Ushbu mavzuga bag’ishlangan xabarlarda bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida Afg’onistondagi vaziyatning hal etilishi hamda joriy yil iyun oyida Sindaoda bo’lib o’tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga tayyorgarlik bilan bog’liq masalalar yuzasidan fikr almashildi, deya xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

“O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari afg’on muammosi bo’yicha o’z mamlakatining nuqtai nazarini ma’lum qilar ekan, Toshkent bu mavzuda xalqaro konferensiya o’tkazishni rejalashtirayotganini bayon etdi.

O’z navbatida, Van I afg’on muammosini hal qilish mintaqa mamlakatlarining faol ishtiroki bilan chambarchas bog’liq ekanligini ta’kidladi. Xitoy Afg’onistonda vaziyatning tinch yo’l bilan hal etilishida O’zbekistonning konstruktiv rolini tushunadi va qo’llab-quvvatlaydi. Vazirning aytishicha, mazkur tadbir boshqa mexanizmlar bilan birgalikda o’zaro rag’batlantirish va sa’y-harakatlarni birlashtirishga ko’maklashmog’i lozim”.

Shuningdek, ushbu mavzuga doir axborot materiallarida Sindaoda bo’lib o’tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti ham uchrashuvda muhokama etilgani qalamga olingan. Ularda “tomonlarning yakdillik bilan fikr bildirganidek, mazkur sammit “shanxay ruhi”ni umumlashtirish va rivojlantirishga, tashkilotga a’zo davlatlarning o’zaro hamjihatligi va ishonchini mustahkamlashga imkon berishi barobarida SHHTning yanada ravnaq topishiga ko’maklashadi”, deya ta’kidlanadi.

Поделиться