O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashi komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2018-02-15 | Siyosat

Tasdiqlangan Dasturga muvofiq, 2018 yil 13 fevralda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar Kengashi komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiya Davlat Dumasining deputati, «Rodina» partiyasining raisi A.Juravlev, Davlat milliy siyosatining axborot ko‘magi Komissiyasining mas’ul kotibi A. Xudoleyev, «Rossiyskiy kongress narodov Kavkaza» ijtimoiy harakati Oliy kengashining raisi A.Paskachev, Sankt-Peterburg shahri mehnat va aholi bandligi Qo‘mitasi raisi D.Cherneyko, shuningdek Sankt-Peterburgdagi «Sentr trudovix resursov» davlat avtonom muassasasi, “Huquq va milliy xavfsizlik instituti” vakillari, muhojirlik huquqi, sotsiologiya sohasi olimlari, kasaba uyushmalari, tadbirkorlar va ish beruvchilar, soliq, sertifikatlash, sug‘urtalash sohalari vakillari va boshqalar qatnashdilar.

O‘zbekiston tomondan uchrashuvda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A.Xaitov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, sug‘urta kompaniyalari, tijorat banklari mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar shuni ta’kidladilarki, mehnat migratsiyasi sohasidagi birgalikdagi hamkorlik strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston va Rossiya manfaatlari hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.

Ta’kidlab o‘tildiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilda amalga oshirilgan Rossiyaga rasmiy tashrifi davomida qator muhim bitim va shartnomalar imzolangan bo‘lib, ularning orasida mehnat migratsiyasi va ishchilarni tashkiliy tanlab olish borasidagi bitimlar ham mavjud. Bu bitimlar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni, shu jumladan mehnat migratsiyasi va millatlararo aloqalarni sifat jihatidan yuqori darajaga olib chiqadi.

Ko‘rsatib o‘tildiki, mazkur tashrif davomida umumiy qiymati 16 mlrd. AQSh dollariga teng 55ta hujjat imzolangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev aytganidek: "Biz Rossiyani siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va ma’naviy-madaniy munosabatlar uchun ulkan hamkor mamlakat sifatida bilamiz”.

Rossiya tomoniga, Davlat Dumasiga “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risida” Bitimning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat protseduralarini 2017 yil 19 dekabrgacha yakunlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuvda tomonlar ta’kidlaganidek, mazkur Bitim – MDH davlatlari orasida Rossiya bilan tuzilgan yagona bitimdir, uning imzolanishi va kuchga kirishi tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasining ham O‘zbekiston aholisining bandligi muammosini hal etishda, ham Rossiya iqtisodiga ishchi kuchini jalb etishda mavqei o‘sib borayotganidan dalolat beradi.

Rossiya delegatsiyasining so‘zga chiqqan a’zolari O‘zbekistondan Rossiyaga amalga oshiriladigan mehnat migratsiyasida hamkor bo‘lishga tayyorliklarini izhor etdilar, mazkur jarayonlarda yashirin, noqonuniy usullarni qo‘llashni bartaraf etish zarurligini ta’kidladilar, tashkiliy ishga yollash muammolarini Komissiyaning 2018 yilgi ishi davomida ko‘rib chiqish rejalarini bildirdilar.

Uchrashuv ishtirokchilariga Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi faoliyatining asosiy vazifalari, yo‘nalishlari va natijalari bo‘yicha taqdimot tashkil etildi.

Ayni paytda Rossiya tomoni O‘zbekistondan Rossiyaga amalga oshirilayotgan mehnat migratsiyasi jarayonlarida Agentlikning muhim o‘rin egallayotgani ta’kidlandi. Delegatsiya o‘zbek tomoniga O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga bag‘ishlangan eslatmalarni taqdim etdi va bu eslatmalar yaqin vaqtda o‘zbek tilida ham chop etilishi xabar qilindi.

Uchrashuvda Rossiya tomonining mehnat migrantlarini ketish oldidan tayyorlash va jo‘natish Markazlarini barpo etishga oid tashabbuslari qo‘llab quvvatlandi. Ta’kidlab o‘tildiki, Samarqanddagi shunday Markaz, shuningdek Samarqand va Toshkentdagi kasbga o‘qitish markazlari (bu yil – Shahrisabzda, keyingi yil Farg‘onada ochilishi) Rossiya Federatsiyasi korxonalari va mintaqalarida o‘zbek mehnat migrantlari duch kelayotgan ko‘plab muammolarning oldini olish imkonini beradi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar Kengashi komissiyasining 2018 yil Moskvada o‘tkaziladigan, “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risida” Bitimning amalga oshirilishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlanadigan majlisiga taklif qilindi.

Uchrashuv o‘zaro tushunish va tashkiliy mehnat migratsiyasi masalalarini konstruktiv muhokama qilish sharoitida o‘tdi. 

Поделиться