O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O’zpaxtasanoat” paxta tolasini norezidentlarga to’g’ridan-to’g’ri kontraktlar bo’yicha sotadi

2018-02-15 | Iqtisodiyot

“O’zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to’g’risida” Hukumat qarori imzolandi.

Qaror paxta tolasini sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

Unga ko’ra, “O’zpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasi eksportga xorijiy valyutada norezidentlarga birja savdolari orqali va to’g’ridan-to’g’ri kontraktlar bo’yicha sotiladi.

“O’zpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika tashkilotlariga yetkazib berish faqat paxta terminallari orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, xorijiy xaridorlar hamda respublika tashkilotlari tomonidan paxta tolasini sifati va og’irligi bo’yicha yakuniy qabul qilib olish paxta terminallarida amalga oshiriladi.

Qaror bilan Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish, Paxta tolasini birja savdolarida sotish, Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi to’g’risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Поделиться