O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Faxriylar sharaflandi

2015-04-30 | Jamiyat

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasida bir guruh faxriylarga Prezidentimiz nomidan "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali va pul mukofoti tantanali topshirildi.

Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i F.Quvondiqov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida inson manfaatlari yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so'z yuritdi. Bunda keksa avlod vakillarining munosib hissasi borligi e'tirof etilib, bu davlatimizning doimiy e'tiborida ekanligi ta'kidlandi.

Xususan, Keksalarni e'zozlash yilida tegishli Davlat dasturi asosida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari, nuroniylarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning turmush darajasini oshirish maqsadida bir qator imtiyozlar berildi. Davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari qabul qilindi.

Tadbirda Prezidentimizning 2015-yil 19-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to'g'risida"gi hamda 2015-yil 6-martda qabul qilingan "1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida"gi farmonlariga ko'ra sohaning bir guruh faxriylariga "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali, pul mukofoti va boshqa sovg'alar topshirildi.

– Yurtimizda biz, keksalarga ko'rsatilayotgan e'tibordan xursandmiz, – deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bektemir Qarshiboyev. – Urushdan so'ng ichki ishlar idoralarida mehnat qilib, huquq-tartibotni mustahkamlashga hissa qo'shdim, ko'plab shogirdlar tayyorladim. Keksaygan chog'imizda davlatimizning e'zozidamiz. Boshqarma rahbarlari, shogirdlarim har bir bayram, muhim sanalarda yo'qlab turadi, tadbirlarga taklif etishadi.

Tadbir ishtirokchilari Samarqand shahridagi muqaddas qadamjo va obidalarni ziyorat qildi, bir qator sanoat korxonalarida bo'lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Bayram tadbiri bir piyola choy ustida davom etdi.

Поделиться