O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Bangkokda namoyish etildi

2018-02-13 | Turizm

Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan “Thai International Travel Fair” xalqaro turizm ko‘rgazmasida mamlakatimiz sayyohlik salohiyati namoyish etildi.

Ushbu ko‘rgazma ko‘lami va ishtirokchilar soni bo‘yicha dunyodagi yirik xalqaro sayyohlik anjumanlaridan biri hisoblanadi. Bu yil unga 1200 dan ziyod ilg‘or firma va kompaniyalar vakillari, 400 mingdan ortiq odam tashrif buyurdi.
 
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro ko‘rgazmaning maqsadi dunyoda sayyohlik sanoatini rivojlantirish, turistlarni ichki va tashqi sayyohlikning yangi yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
 
Sayyohlik sanoatining ko‘plab yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan anjumanda aviakompaniyalar tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar, sayyohlik kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizmda yangi tarmoqlarni ishga tushirish kabi istiqbolli loyihalar namoyish etildi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, “TITF – 18” ko‘rgazma majmuasida o‘tkazilgan anjumanda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamda yurtimizdagi qator sayyohlik kompaniyalari o‘z xizmatlarini namoyish etdi. Yarmarka ishtirokchilari mamlakatimizda turizm sohasida yaratilgan imkoniyatlar, taklif etilayotgan xizmatlar, O‘zbekiston va jahon bo‘ylab aviaqatnovlar ko‘lami faoliyatiga oid ko‘plab ma’lumotlar bilan tanishdi.
 
Xalqaro anjumanda mamlakatimizning sayyohlik brendini ommalashtirish, O‘zbekistonning turistik xizmatlarini jahon bozorlariga chiqarish maqsadida “O‘zbekiston haqida nimalarni bilasiz?” degan nom bilan o‘tkazilgan tanlov qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tanlovning ikki nafar faol ishtirokchisi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradigan Bangkok – O‘zbekiston – Bangkok yo‘nalishi bo‘yicha parvoz chiptalarini qo‘lga kiritdi.
 

Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA

Поделиться