O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ajdodlar merosi chuqur o‘rganilmoqda
2018-02-13 | Madaniyat
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida mumtoz adabiyotimizning buyuk namoyandalari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag’ishlangan badiiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
“Nazm va navo” deb nomlangan anjumanda institut rektori S.Yunusov va boshqalar mamlakatimizdagi ma’naviy yangilanishlar jarayonida ulug’ allomalarimiz merosini chuqur o’rganish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Buyuk ajdodlarimiz asarlarida tarannum etilgan umuminsoniy qadriyatlar yoshlarning har jihatdan sog’lom, yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishida muhim ahamiyatga ega.
– Ta’lim muassasalarida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosini keng va atroflicha o’rganish borasida samarali ishlar yo’lga qo’yilgan, – dedi filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.Barakayev. – Xususan, buyuk bobokalonlarimiz ijodiy merosiga bag’ishlangan ko’plab adabiy kechalar, ma’naviyat soatlari, ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.
Tadbirda institut talabalari tomonidan shoirlarimizning g’azallari, ruboiylaridan namunalar o’qildi, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish qilindi.
Shahnoza Mamaturopova, O’zA