O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Parlamentlararo aloqalar mustaxkamlanishi davom etmoqda

2018-02-13 | Siyosat

Joriy yilning 12-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Buyuk Britaniyadagi demokratik Vestminster fondining loyihalar direktori D.Oshonessi hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha katta menejeri K.Levik boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o’rinbosari S.Otamuratov mehmonlarni qutlab, mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar yuzasidan axborot berdi.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik ko’rsatish alohida qayd etildi.

Mehmonlar iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, O’zbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlarini mustahkamlash, ikki davlat o’rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.

Shuningdek, Buyuk Britaniyadagi demokratik Vestminster fondi haqida ma’lumot berildi.Fondga 1992-yilning aprel oyida qirollik hokimiyatining alohida huquqlari bilan Buyuk Britaniyaning uchta asosiy partiyalari taqdim etilgan plyuralistik demokratiyani harakatlantirish maqsadida asos solingan.

Shu bilan birga, Toshkentda O’zbekiston Respublikasida jahon standartlari talablariga mos oliy ma’lumotga ega bo’lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan Xalqaro Vestministr Universiteti faoliyatiga ham alohida to’xtalib o’tildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining tuzilishi, undagi siyosiy partiyalar va O’zbekiston ekologik harakati, tashkil etilgan qo’mitalar, komissiyalar va horijiy parlamentlar bilan hamkorlik qilish doirasida tashkil etilgan do’stlik guruhlari hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi tashkil etilgan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyati to’g’risida axborotlar berildi.

Konstruktiv ruhda bo’lib o’tgan uchrashuvda boshqa masalalar qatori O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida tashkil etilgan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan ilmiy-tahliliy sohadagi aloqalarni mustaxkamlashga oid masala ham muhokama etildi.

Поделиться