O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rigada samarali uchrashuvlar bo’lib o’tdi

2018-02-13 | Iqtisodiyot

O’zaro yaqin hamkorlik o’rnatish uchun Farg’ona viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya yaqinda Latviya Respublikasiga bordi.

Latviya ziroatchilik vazirligi rahbariyati, Oziq-ovqat-veterinariya xizmati, Latviya oziq-ovqat xavfsizligi, chorva salomatligi va atrof muhiti ilmiy instituti (BIOR), Yelgava shahar ma’muriyati, Latviya ishbilarmon doiralari vakillari bilan bo’lib o’tgan muzokaralar chog’ida qishloq xo’jaligi, maktabgacha ta’lim, standartlash va sayyohlik sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvlar yakunlari bo’yicha hamkorlik to’g’risidagi qator memorandumlar imzolandi. “LatUzAgroTreyd” savdo uyi bilan Farg’ona viloyatidan Latviyaga, so’ngra Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish, Latviya Gimnastika uyushmasi bilan maktabgacha ta’lim tizimida sportning ushbu turini qo’llash, Chorvachilikni rivojlantirish bo’yicha o’zaro tajriba almashish yuzasidan “EURASIA Ltd” kompaniyasi, Latviya kartoshka yetishtiruvchilari uyushmasi bilan imzolangan memorandumlar shular jumlasidandir.

“Bauernhof” ekologik xo’jaligi, “DITTON uzatma zanjirlari zavodi” AJ, “VEF Radiotechnika RRR” kompaniyasi vakillari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yish, shuningdek, qo’shma sarmoyaviy loyihalarni hayotga tadbiq etish masalalari ko’rib chiqildi.

Ushbu safar chog’ida Farg’ona viloyati delegatsiyasi a’zolari Boltiqbo’yi mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida xo’jalik xizmati ko’rsatishga ixtisoslashgan “GETLINI EKO” korxonasining faoliyati bilan ham tanishdilar.

Yuqoridagilar bilan birga, mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari zamonaviy ko’p tarmoqli korxona - “Agrofirma Tervete” hissadorlik jamiyatida ham bo’ldilar. Shuni qayd etish kerakki, mazkur korxona besh yo’nalishda – o’simlikshunoslik, sut ishlab chiqarish, yilqichilik, biogaz ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi sohalarida faoliyat ko’rsatadi.

Muzokaralar yakunlari bo’yicha ana shunday ko’p tarmoqli korxonalar tuzish yuzasidan o’zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

Поделиться