O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2018-02-12 | Siyosat

2018-yilning 12-fevral kuni Islomobod shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Xavaja Muhammad Asif bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarining kun tartibi va BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarni mustahkamlashga tomonlar tayyor ekanligi tasdiqlandi.

Ta’kidlanganidek, ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi muntazam aloqalar O‘zbekiston va Pokistonning yetakchi kompaniya va firmalari, bank-moliya tuzilmalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini optimistik ruhda baholash imkonini yaratadi.

Qayd etilganidek, qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘lga o‘tishi mintaqaviy hamkorlikni faollroq rivojlantirish imkoniyatini yaratadi. Shu nuqtayi nazardan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ko‘rib chiqishga kiritilayotgan masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda vazirlar tomonidan 2018-yili bo‘lib o‘tadigan turli darajalardagi O‘zbekiston-Pokiston uchrashuvlari jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться