O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroi sharifning qadimiy va betakror me’moriy obidalari Turkiya investorlari nigohida

2018-02-12 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiyaning turizm sohasidagi bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlaridan iborat 30 kishilik delegatsiya Buxoro shahrini ziyorat qilishdi.

Mehmonlar Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo’lining eng muhim chorrahalaridan birida joylashgan Buxoro shahriga sayohat uyushtirib, 2500 yillik Buxoroning tor ko’chalarida kezgan holda ko’k gumbazli hashamatli binolar hamda kichik loysuvoq uylardan zavq olishdi.

O’rta Osiyoda Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo’lgan Ismoil Somoniy maqbarasi, yuz yillar davomida Buxoro hukmdorlarining rasmiy yashash joyi bo’lgan Ark qal’asi, Poi Kalon, Minorai Kalon me’moriy majmualari, Samarqand shahridagi Bibixonim masjididan keyin O’rta Osiyodagi ikkinchi eng katta masjid bo’lmish – Masjidi Kalon, Miri Arab madrasasi, Buxoro ahli va mehmonlarining sevimli joyi Labi Xovuz, Chor Minor majmuasi, Mog’aki Attor masjidi, Ko’kaldosh, Ulug’bek madrasalari, G’arb va Sharq me’morchiligi asosida qurilgan Setorai Mohi Xosa me’moriy inshooti Turkiya investorlarida o’zgacha taassurot qoldirdi.Darhaqiqat, zardo’zu kashtado’z, kulolu miniatyurachi rassom, kandakoru naqqoshlarning emin-erkin ishlab turishlari ko’hna shaharda qaynoq hayot hukmronligidan dalolat berayotgandek tuyuladi. Shahar ko’chalarida Angliya, Fransiya, Ispaniya, Yaponiya, Koreya, Turkiya kabi ko’plab mamlakatlardan tashrif buyurayotgan sayyohlar turizmga qiziquvchi har bir insonni quvontiradi. Bularning barchasi esa hukumatimizning shu sohaga daxldor takliflarni qo’llab-quvvatlayotganligi, shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining say-harakatlari bilan bog’liq, albatta.

Tashrif so’ngida mehmonlar uchun kichik kontsert dasturining tashkil etilishi ularni yanada xushnud qildi. Mehmonlar Buxoro shahri tarixiy obidalarining o’ziga xosligi, xalqimizning mehmondo’stligini alohida ta’kidlashdi.

Поделиться