O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yuz bergan hodisa bo‘yicha axborot
2018-02-12 | Jamiyat
2018 yilning 11 fevral kuni soat 5:40 da Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanidagi Mustaqillik ko'chasi, "Charxin" MFY da joylashgan xususiy uyda gaz-havo aralashmasi oqibatida chaqnash sodir bo’ldi. Natijada uy 2-qavatining bir qismi qulab tushdi. Vafot etganlar va jarohatlanganlar bor.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi deb topilmoqda. Voqea joyida, viloyat hokimligi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch va vositalarini jalb qilgan holda favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz va isitish moslamalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilishingizni so’raydi!