O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash – oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning muhim omili
2018-02-12 | Ta’lim
Joriy yilning 10 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan oliy ta’lim tizimining harakatlar yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R.Qosimov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov, Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari A.Umarov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sh.Shermatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori A.Qodirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘quv-metodik bo‘limi boshlig‘i B.Alimovlar so‘zga chiqishdi hamda oliy ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.