O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Favqulodda vaziyatlar vazirligida Shveytsariyaning Suv resurslari bo‘yicha hamkorlik va rivojlantirish agentligining maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
2018-02-09 | Siyosat
2018 yilning 8 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov bilan Shveytsariyaning Suv resurslari bo‘yicha hamkorlik va rivojlantirish agentligining maxsus vakili Mishel Mordazini hamda Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi Olive Shav bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida M.Mordazini vazirlikning favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va oqibatlarini bartaraf etish sohasi bilan tanishdi, shuningdek Shveytsariya agentligi bilan O‘zbekistonning suv resurslarini boshqarish Milliy loyihasi doirasida hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik ishlari muhokama qilindi.